Birjada AI-80 markali benzin narxi oshdi

Birjada AI-80 markali benzin narxi oshdi

AI-80 markali avtomobil benzinining boshlang‘ich narxi 2,2 foizga ko‘tarildi. Bu haqda tovar-xom ashyo birjasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan haftada yonilg‘ining o‘rtacha kunlik narxi bir tonna mahsulot uchun 6 mln 715 ming so‘mdan 6 mln 860 ming 300 so‘mgacha ko‘tarilgan.

7-13 iyun kunlari birja savdolariga 28 ming 579 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yilgan. Shundan 21 ming 98 tonnasi (73 foiz) sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 57 xaridor ishtirok etgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 mln 830 ming 900 so‘mni, AI-91 markalisi esa 7 mln 873 ming 300 so‘mni tashkil etdi.

Ma’lum qilinishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1 ming 293 - 1 ming 370 litrni tashkil qiladi. Bunda AI-80 markali benzinning birjadagi narxi litri uchun o‘rtacha 5 ming 300 so‘mga to‘g‘ri keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!