Birinchi prezident jonlantirish bo‘limida

Birinchi prezident jonlantirish bo‘limida

Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk, iyun oyi oxirida o‘tkazilgan yurak operasiyasidan so‘ng hali ham jonlantirish bo‘limida, sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan holda ekanligini ma’lum qilindi.

APnews agentligining sobiq prezident atrofidagi manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, uning sog‘ligi tiklanish dinamikasi juda sust.

«Leonid Makarovich intensiv terapiyada, u shoshilinch ravishda bajarilishi kerak bo‘lgan murakkab operasiyani boshdan kechirdi. Hozirda jonlantirish bo‘limida. Salomatligining tiklanish dinamikasi sust. Shifokorlar hozircha bu haqida biror ma’lumot bermagan», - deya takidlaydi manba.

Avvalroq Kravchuk yurak operasiyani boshdan o‘tkazgani xabar qilingan edi. Keyinchalik Ukraina delegasiyasi vakili va prezident devoni rahbarining maslahatchisi Aleksiy Arestovichning aytishicha, Donbassdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha aloqa guruhidagi Kiyev delegasiyasi rahbarini Kravchukning salomatligi yomonligi tufayli o‘rniga boshqani tayinlash masalasi hali ko‘rib chiqilmagan. Ukraina OAVlari Kravchuk yoz oxirigacha muzokaralarda qatnashmasligini xabar qilgan.

Kravchuk Ukrainaning birinchi prezidenti bo‘lib, mamlakatni 1991-1994 yillarda boshqargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!