Toshkentda birinchi ligada o‘ynashni istagan futbolchi 950 dollaridan ayrildi

Toshkentda birinchi ligada o‘ynashni istagan futbolchi 950 dollaridan ayrildi

Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, o‘tgan yilning iyun oyida 51 yoshli T.K. 20 yoshli D.P.ga futbol klubining ikkinchi ligasidan birinchi ligaga o‘tkazishni va’da qilgan. Lekin T.K. o‘zining «xizmatlari» uchun 950 AQSh dollarini olib, va’dasini bajarmagan.

Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!