Bir yilda salkam 900 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 885 818,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Sanoat ishlab chiqarish indeksi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,8 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida ishlab chiqaradigan sanoatning ulushi 85,1 foizni, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati 7,6 foizni, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni kondisiyalash 6,8 foizni, suv bilan ta’minlash, kanalizasiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizasiya qilish 0,5 foizni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi o‘sishining asosiy omili bo‘lib ishlab chiqaradigan sanoat korxonalarida ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,7 % ga o‘sdi. Suv bilan ta’minlash, kanalizasiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizasiya qilish sanoatida fizik hajm indeksi 5,5 % ga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni kondisiyalashda 5,3 % ga hamda tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida 1,9 % ga oshganligi kuzatildi.
Shu bilan birga, ishlab chiqaradigan sanoatida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish (2023 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 127,2 %), shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (2023 yilning yanvar- dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 111,1 %) hajmi oshdi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan xom neft va tabiiy gaz ishlab chiqarish (2023 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 97,8 %), mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish (2023 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 86,8 %) hajmi pasayishi kuzatildi.