Bir oylik go‘dagini vahshiylarcha o‘ldirgan ota 16 yilga "kesildi"

Bir oylik go‘dagini vahshiylarcha o‘ldirgan ota 16 yilga "kesildi"

Chelyabinsk viloyat sudi bir oylik go‘dagini shafqatsizlarcha o‘ldirgan erkakni 16 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 19 dekabr kuni kechqurun 29 yoshli erkak mast bo‘lgan. Bir oylik chaqalog‘i yig‘lay boshlaganida esa go‘dagining og‘zini yopib, bo‘ynini siqib, boshiga urgan va keyin yerga uloqtirgan. Bolakayni onasining chaqiruvidan keyin kasalxonaga olib borishgan, ammo go‘dak boshidan og‘ir jarohat olib, vafot etgan.

Erkak Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qism "v" bandiga ko‘ra (voyaga yetmagan shaxsni qasddan o‘ldirish) aybdor deb topilgan.

"Sud aybdorni 16 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Qotil jazoni yuqori tartibli koloniyada o‘taydi", — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!