Bir nechta tumanlarda kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi

Bir nechta tumanlarda kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.T.” MCHJ rahbari A.U. va boshqalar motokultivator, mini traktor hamda parranda ozuqalari ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish uchun ajratilgan 530 mln so‘m imtiyozli kredit evaziga shartnomada ko‘rsatilgan texnika va uskunalarni xarid qilmasdan “D.U.”, “S.P.” va “S.M.” MCHJlarga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olganliklari aniqlangan.

Departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.B.” xususiy korxonasi rahbari B.B. 18 nafar fuqaroga issiqxonalar qurib berish hamda artezian qudug‘ini qazish uchun ajratilgan 492,3 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.X. (talon-toroj qilish va firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) va boshqalar 12 nafar fuqaroning xabardorligisiz soxta ma’lumotlar orqali, ularning nomiga tijorat banki filialidan 212 mln so‘m mikroqarz ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-modda (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!