Bir necha yuz ming kishi bosh vazir iste’fosini talab qilib miting o‘tkazdi

Bir necha yuz ming kishi bosh vazir iste’fosini talab qilib miting o‘tkazdi

Pragada bir necha yuz ming kishi milliarder Andrey Babishdan bosh vazirlik lavozimidan ketishini talab qilib mitingga chiqdi.

Mitingni tashkil etgan "Demokratiya uchun million nazar" jamoatchilik harakatining bildirishicha, unda 300 ming kishi qatnashgan. Polisiya mitingga 200 mingga yaqin kishi chiqqanini qayd etmoqda.

Namoyishchilar Babish iste’foga chiqishini yoki 31 dekabrgacha o‘ziga tegishli "Agrofert" xoldingi va OAVlardan voz kechishini hamda adliya organlari rahbarlik lavozimlaridagi yaqin tarafdorlarini ishdan bo‘shatishini talab qildi. Aks holda ular 2020 yil yanvardan mamlakatda muntazam norozilik namoyishlari o‘tkazishlarini ma’lum qildi. 

"Babish o‘z biznesini rivojlantirish uchun bosh vazirlik lavozimidan foydalanmoqda. O‘ziga tegishli OAVlar orqali Chexiya siyosatiga bosim o‘tkazmoqda. U fuqarolar manfaatlariga zid harakat qilmoqda", - dedi "Demokratiya uchun million nazar" yetakchilaridan biri Benjemin Role.

Bosh vazirning o‘zi iste’foga chiqmoqchi emas va ushbu mitingdan xavotirga tushmadi. U bir qism saylovchilarning hukumatdan noroziligini bildirishi sog‘lom demokratiya belgisi deb hisoblashini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!