Bir guruh Rossiya fuqarolari “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi

Bir guruh Rossiya fuqarolari “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi

Bir guruh Rossiya fuqarolari “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni va “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.

Bugun O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida 6 nafar Rossiya fuqarosini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni

Dmitriy Volvach - Rossiya Federasiyasi Iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari;

Aleksey Gruzdev - Rossiya Federasiyasi sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari;

Mixail Ivankov - Mehnat va bandlik federal xizmati rahbari.

“Do‘stlik” ordeni

Zelfira Tregulova - Davlat Tretyakov galereyasining bosh direktori;

Alevtina Chernikova - MISiS Milliy tadqiqot texnologik universiteti rektori;

Vladimir Malishev - S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti rektori.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Hukumat qarori bilan "Xalqlar do‘stligi" ko‘krak nishoni ta’sis etilgan edi. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, mahalliy va xorijiy tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalar hamda boshqa yuridik shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashda nomzodning xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati inobatga olinadi.

Taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari mikdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!