Biologik faol qo‘shimchalarning yashirin aylanmasiga chek qo‘yildi

A A A
Biologik faol qo‘shimchalarning yashirin aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yo‘lovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan qiymati 40 mln. 260 ming so‘mlik 117 dona “GALVANIZE” nomli biologik faol qo‘shimchalari hamda sport ozuqalari aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, milliy qonunchiligimizga muvofiq, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni realizasiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!