Bill Geytsning Microsoft xodimlari bilan ishqiy munosabatlari oshkor bo‘ldi

Bill Geytsning Microsoft xodimlari bilan ishqiy munosabatlari oshkor bo‘ldi

Milliarder Bill Geyts uylangan vaqtida bir nechta Microsoft xodimlari bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Manbaning WSJga aytishicha, Microsoft direktorlar kengashi a’zolaridan biri 1992 yilda Geyts kompaniya menejerlaridan biri bilan ishqiy munosabatda bo‘lganligi haqida ma’lumot olgan.

2000-yillarning boshlarida Geyts Microsoft'ning boshqa xodimi bilan bir necha yil sevishib yurgan.

"Keyingi 2008 yilda Geyts boshqa xodimiga elektron pochta xabarlarini jo‘natdi va u ishdan tashqari uchrashishni taklif qildi", deb yozadi nashr.

Geytsning ko‘ngilxushliklari ma’lum bo‘lganidan so‘ng Microsoft top-menejerlari undan yozishmalarni to‘xtatishni talab qilishdi va u rozi bo‘ldi. Ular janjal uyushtirmadilar, chunki Geyts jismoniy zo‘rlik ishlatmagan.

2020 yil mart oyida boshlangan ichki tergov fonida Geyts Microsoft direktorlar kengashini tark etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!