Bill Geyts 27 yillik turmushidan keyin rafiqasi Melinda bilan rasman ajrashdi
Microsoft asoschisi Bill Geyts 27 yillik turmushidan keyin rafiqasi Melinda bilan rasman ajrashdi, deb yozadi Business Insider nashri.
Qayd etilishicha, 2 avgustda sudya Geytsning nikohini bekor qilish to‘g‘risida yakuniy qarorni qabul qilgan. Sobiq turmush o‘rtoqlarning hech biri ismini o‘zgartirishni so‘ramagan. Ajralishning boshqa tafsilotlari hozircha noma’lum.
Taxminlarga ko‘ra, Geytsning ajrashish jarayoni dunyodagi eng qimmatga aylanishi mumkin. Avvalgi "rekord"ni Amazon onlayn-do‘koni asoschisi Jeff Bezos va uning sobiq rafiqasi Makkenzi Bezos o‘rnatgan. Geyts dunyodagi eng boy besh tadbirkordan biri, uning oilasi boyligi 130 milliard dollarga baholangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)