Beshinchi qavatdan "yiqilgan" smartfonning holi nima kechdi?

Beshinchi qavatdan "yiqilgan" smartfonning holi nima kechdi?

Weibo ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri o‘z sahifasida Honor 10 smartfoni bilan bo‘lgan voqeadan so‘ng, mobil qurilmaning qay darajada mustaxkamligini bilib olganligi haqida yozdi. Ushbu post boshqa foydalanuvchilarning ham e’tiborini tortdi.

Smartfon egasining aytishicha, u telefonni 5 qavatdan tushirib yuborgan, natijada esa smartfonga katta shikast yetgan. Bir qancha vaqt o‘tib uni yoqib ko‘rishga harakat qilgan va kutilmaganda smartfon ishlay boshlagan.

Ekran to‘laligicha darz ketgan bo‘lsa-da, undan haligacha qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin. Orqa kamera ham to‘liq ishdan chiqqan, ammo internet, WeChat va boshqa ilovalar odatdagidek ishlashda davom etmoqda.

Eng muhimi, aytilganidek, smartfon egasi qo‘ng‘iroqlar qilishi yoki javob berishi mumkin. Ushbu voqeaning mazmuni shundan iboratki, smartfon qay darajada himoyalanganligidan qat’iy nazar uni avaylab, har-xil shikastlanishlarning oldini olgan holda ishlatish lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!