Beshariqlik ota ikki nafar farzandi uchun 5200 AQSh dollari aliment to‘ladi

Beshariqlik ota ikki nafar farzandi uchun  5200 AQSh dollari aliment to‘ladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 05.11.2015 yildagi 6403/2015-sonli sud buyrug‘iga asosan Beshariq tumanida yashovchi B.Po‘latovdan ikki nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun O.Po‘latova foydasiga aliment undirish belgilangan.

Biroq, mazkur sud hujjati qariyb 6 yil davomida Byuroning Beshariq tuman bo‘limiga ijro uchun kelib tushmagan.

6403/2015-sonli sud buyrug‘i joriy yilning 1 iyun kuni elektron tarzda kelib tushgan bo‘lib, ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan va bu haqda qarzdor B.Po‘latovga rasman xabar berilgan.
21.06.2021 yilda qarzdor B.Po‘latov va undiruvchi O.Po‘latovalar yuzma-yuz uchrashtirilib, aliment undirish tartibi, miqdori va muddatlari tushuntirilgan. Suhbat yakunida B.Po‘latov alimentni to‘liq to‘lab yuborish uchun moddiy imkoniyati yetarli ekanligini ma’lum qilgan va undiruvchi roziligi asosida ikki nafar farzandlarining voyaga yetguniga qadar 55 939 216 so‘m aliment hisoblab chiqilgan.

Shu tariqa, qarzdordan 5200 AQSh dollari aliment uchun sobiq turmush o‘rtog‘i O.Po‘latova foydasiga undirib berilishi ta’minlandi hamda undiruvchining arizasiga asosan sud hujjati unga qaytarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!