Bernar Arno bir haftada 8 milliard dollarga boyidi

Bernar Arno bir haftada 8 milliard dollarga boyidi

Evropaning eng badavlat oddami, LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyalari guruhi rahbari Bernar Arnoning boyligi bir hafta ichida 8 mlrd dollarga ko‘payib, umumiy hisobda 122 mlrd dollarga yetdi.  

Forbes nashrining xabar berishicha, koronavirus pandemiyasidan kuchli aziyat chekkan hashamat buyumlari bozorining o‘tgan haftadan beri tiklanishi alomatlari paydo bo‘ldi. Buning ortida LVMH aksiyalari 15 oktyabrdan 22 oktyabrgacha 6 foizga qimmatladi.     

Yil boshida Arno bir necha marta dunyoning eng boy odamiga aylangandi. Biroq pandemiya boshlangandan keyin fransiyalik tadbirkor yetakchi pozisiyalarni yo‘qotgan. 

Arno ayni vaqtda Forbes’ning milliarderlar ro‘yxatida 2-o‘rinni egallamoqda. Reytingda yetakchi o‘rinni 188 mlrd dollar bilan Amazon asoschisi Jeff Bezos, 3-o‘rinni esa Microsoft asoschisi Bill Geyts 117 mlrd dollar bilan egallamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!