Berlinda 9 may arafasida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba sharafiga o‘tkaziladigan mitinglarga Rossiya va Ukraina bayroqlarini olib kelish taqiqlandi

 Berlinda 9 may arafasida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba sharafiga o‘tkaziladigan mitinglarga Rossiya va Ukraina bayroqlarini olib kelish taqiqlandi

Berlinda 9 may arafasida rasmiylar Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 77 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarga Rossiya va Ukraina bayroqlarini, hamda boshqa ramzlarni olib kirishni taqiqladi.

Taqiq Georgiy lentalari va boshqa belgilar, jumladan, Kreml va Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukrainaga harbiy yurish paytida qo‘llangan “Z” va “V” harflariga nisbatan qo‘llaniladi.

Bu qaror mavzuning nozikligi va provokasiyalarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qabul qilindi, dedi Germaniya rasmiylari.

Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andrey Melnik Berlinning bu qarorini “katta janjal” va “siyosiy falokat” deb atadi va uni bekor qilishni talab qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!