Bepul VPN dasturlarning 21 mln foydalanuvchisi ma’lumotlari internetga tarqaldi

Bepul VPN dasturlarning 21 mln foydalanuvchisi ma’lumotlari internetga tarqaldi

Android uchun ommabop bepul VPN dasturlarining 21 million foydalanuvchisiga tegishli ma’lumotlar bazasi internetga chiqib ketdi. Bu haqda «Meduza» xabar berdi.

Gap Super VPN, Gecko VPN va Chat VPN servislari haqida ketmoqda. Ularning asosiy auditoriyasi internet resurslari tez-tez bloklanib turadigan Rossiya, Xitoy va Yaqin Sharq mamlakatlari aholisi hisoblanadi.

Bazada foydalanuvchilarning elerktron pochta manzillari, login va parollari, shuningdek, premium-akkauntlar uchun to‘lovlar haqida ma’lumotlar bor. Ba’zi hollarda telefon qurulmasi, uning modeli va seriya raqami haqida ma’lumotlar ham mavjud.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, bu ma’lumotlar internetdagi qalloblik, shuningdek, foydalanuvchining veb-sessiyalari ma’lumotlarini ushlab qolish va ular tomonidan tarmoq orqali uzatiladigan parollar va bank kartalari ma’lumotlarini o‘g‘irlash uchun ishlatilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!