Benzin: birjada narxlar qulamoqda, ammo nega AYOQSh da balandligicha qolmoqda?

Benzin: birjada narxlar qulamoqda, ammo nega AYOQSh da balandligicha qolmoqda?

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabariga ko‘ra, AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 129 ming so‘mdan 8 444 ming so‘mgacha pasayib 17 foizga arzonlashdi.

Shuni ta’kidlash joizki, kichik 1 tn lotlar savdosida Buxoro NQIZ tomonidan mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan benzining o‘rtacha sotish narxi 7028 ming so‘mgacha pasaydi yoki 16 noyabrga nisbatan 31 foizga arzonlashdi, “Sanoat energetika guruhi” MCHJ QK mahsuloti bo‘yicha pasayish 17 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, yirik 60 tn lotlarda narxlar pasayishi tendensiyasi bir muncha sekin kechmoqda va 5 foizni tashkil etgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birjada narxlar tushgani holda avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchalarida bu sezilmayotganiga izoh berib o‘tgan.

Qayd etilishicha, Qo‘mita oldinroq ogohlantirganidek, vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samara berishi vaqt talab qiladi. Bu paytda tabiiyki ushbu davrda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan ilgari sotib olingan qimmat narxdagi benzin zaxiralari hisobiga yuqori chakana narxlar saqlanib qoladi.

“Bugungi kunda, 2-3 oy davomida shakllangan mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan AI-80 benzinning baland narxlarga ta’sir ko‘rsatish uchun faqat bozor mexanizmlari qo‘llanilmoqda, ya’ni taklifga ta’sir ko‘rsatish orqali narxlar barqarorligini ta’minlash, bu choralarning samara berishi va narxlarning barqarorlashishi uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. Shu bilan birga, import benzinning narxlari jahon bozorlari kon’yunkturasiga bog‘liqligi omili saqlanib qolmoqda”, deyiladi qo‘mita xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!