"Bemorlar ko‘r bo‘lib qolmoqda": Hindistonda tarqalgan yangi epidemiya – "qora mog‘or" qanday kasallik?

"Bemorlar ko‘r bo‘lib qolmoqda": Hindistonda tarqalgan yangi epidemiya – "qora mog‘or" qanday kasallik?

Hindistonda koronavirusdan davolanayotgan va tuzalgan bemorlar orasida "qora mog‘or" (mukormikoz) epidemiyasi qayd etildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Mukormikoz nima?

Mukormikoz - bu odatda tuproqda, o‘simliklarda, go‘ngda va chirigan meva va sabzavotlarda uchraydigan shilliq mog‘or ta’siridan kelib chiqqan juda kam uchraydigan holat.

Bu miya va o‘pkalarga ta’sir qiladi hamda diabet kasalligi yoki immunitet tanqisligi kuchli odamlar, masalan, saraton kasalligi yoki OIV / OITS bilan kasallangan odamlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Hindistonlik shifokorlar mukormikoz steroidlarni qo‘llash natijasida yuzaga kelishi mumkin, deb hisoblashadi. Steroidlar odatda ahvoli og‘ir bo‘lgan kovid bemorlarining hayotini saqlab qolish uchun qo‘llaniladi.

Steroidlar koronavirus tufayli kelib chiqqan o‘pka yallig‘lanishini kamaytiradi va organizmning immun tizimi koronavirusga qarshi o‘ta xavfli holatga tushganda yuzaga keladigan ba’zi zararlarning oldini olishga yordam beradi. Ammo o‘z navbatida immunitetni pasaytiradi va qandli diabetga chalingan hamda chalinmagan bemorlarda qondagi qand miqdorini oshiradi.

Immunitetning pasayishi bu mukormikoz holatlarini qo‘zg‘atishi mumkin.

Bugungi kunga qadar "qora mog‘or"ni 100 dan ortiq yuqtirish holatlari qayd etilgan. Ularning barchasi Hindistonning Gujarat shtatida. Bir nechta bemorlar shu sababli ko‘r bo‘lib qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!