Belorusiya Prezidenti koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortdi

Belorusiya Prezidenti koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortdi

Belorusiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko  koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashdan bosh tortganligini aytdi, chunki u kasallikdan keyin hali ham yetarli miqdordagi antitelaga ega.

Ma’lum qilinishicha, Belorusiya rahbari matbuot xizmati ta’kidlashicha, prezident ilgari ham grippga qarshi emlanmagan.

Lukashenko Belorusiyada kasallanish holatiga izoh berib, hamamsi uning nazorati ostida ekanligini va hatto ilgari taxmin qilingan darajadan past ekanligini ta’kidladi. Unga ko‘ra mamlakatda yuqumli kasalliklarning yangi to‘lqini va kasallanish darajasi bir yarim baravar ko‘payishi kutilgan edi, ammo hisob-kitoblar amalga oshmadi.

«Yuqtirgan odamlarning sonini bir xil darajada ushlab turish, respublikada vaksinalarning yetarli miqdorini ishlab chiqarishga imkon berdi. 6-8 oy ichida vaksinaning qanchaga ishlashini bilmaymiz. Uning ishlashi va odamlarni ma’lum muddat himoya qilishi haqiqatdir»,- deya ta’kidladi Lukashenko.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!