Belorusiya Germaniya tovarlarini mamlakatdan o‘tkazishni ta’qiqladi

Belorusiya Germaniya tovarlarini mamlakatdan o‘tkazishni ta’qiqladi

Belorusiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘arbning Minskka qarshi sanksiyalariga javoban Germaniya tovarlarini mamlakat hududi orqali Xitoy va Rossiyaga tranzit qilishni cheklashni taklif qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sanksiya choralariga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuvda Lukashenko Minsk o‘z mahsulotlarini Belarus bozoriga yetkazib beradigan ba’zi amerikalik va yevropalik ishlab chiqaruvchilarga cheklovlar qo‘yganini esladi. «Biz bilamizki, AQSH, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida kim bizning korxonalarimiz uchun butlovchi qismlar va asosiy jihozlarni yetkazib berishga qarshi bo‘lgan. Biz ularni bilamiz, tajribamiz bor. Skoda, Nivea va boshqalarni eslaysizmi?", dedi prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!