Belgiyada O‘zbekiston haqida maqola chop etildi

Belgiyada O‘zbekiston haqida maqola chop etildi

Belgiyaning «Modern Diplomacy» axborot-tahlil portalida “O‘zbekiston soliq tizimida modernizasiyalashuv davom etmoqda” sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda Jahon banki ijrochi direktorlari kengashi O‘zbekistonda soliqqa tortish islohotlari loyihasini tasdiqlagani va bu hujjat Davlat soliq qo‘mitasining operasiyalar o‘tkazishdagi samaradorligi hamda natijadorligini oshirish, shuningdek, mahalliy soliq to‘lovchilarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgani bilan bog‘liq atroflicha ma’lumotlar qalamga olingan.

Ushbu loyiha Moliyalashtirish bilan rivojlanish xalqaro uyushmasi tomonidan 60 million AQSh dollari miqdoridagi kredit bilan qo‘llab-quvvatlanishi ham o‘quvchilarga ma’lum qilingan.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi hukumati soliq islohotlari hamda biznes yuritish va sarmoya muhitini yaxshilashga ustuvor darajada e’tibor qaratayotgani alohida ta’kidlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!