Belgiya Ukraina armiyasini tayyorlash missiyasida ishtirok etishga tayyor

Belgiya Ukraina armiyasini tayyorlash missiyasida ishtirok etishga tayyor

Belgiya Ukraina armiyasini tayyorlash missiyasida ishtirok etishga tayyor, dedi qirollik mudofaa vaziri.

Lyudivin Dedonder Belgiya quruqlik va dengizda minalardan tozalash, logistika va muhandislik bo‘yicha treningni o‘z zimmasiga olishini qo‘shimcha qildi.

Dedonder ma’lumotlariga ko‘ra, Belgiyaning Ukrainaga bergan harbiy yordami miqdori allaqachon 51 million yevroni tashkil qilgan. Yana 12 million yevro qo‘shimcha uskunalar uchun ajratilgan, ular yaqinda Polsha orqali Ukrainaga yetkaziladi.

Belgiya mojaroda ishtirok etmaydigan, shunchaki harbiy yordam yetkazib, tomonlardan birining askarlarini o‘qiydigan yana bir davlatdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!