Belgiya malikasi eng yaxshi harbiy akademiyaga o‘qishga kirdi

Belgiya malikasi eng yaxshi harbiy akademiyaga o‘qishga kirdi

Belgiya qiroli Filippning to‘ng‘ich farzandi hamda vorisi malika Yelizaveta otasi tahsil olgan mamlakatdagi eng yaxshi oliy o‘quv  yurtlaridan biri - Qirollik Harbiy Akademiyasiga o‘qishga kirdi.

People nashri tomonidan ta’kidlanishicha, kirish oson bo‘lmagan ushbu universitetga har yili atigi 150 kishi sinchkovlik bilan tanlab olinadi.

Ma’lum qilinishicha, 18 yoshli malika kuchli jins vakillari bo‘lgan nomzodlarni ham ortda qoldirib fransuz, golland tillari hamda matematikadan imtihonlarni a’loga topshirgan. Shuningdek, yaxshi jismoniy tayyorgarlikni namoyish etgan holda psixologik sinovlaridan ham muvaffaqiyatli o‘tgan.

Ma’lumot o‘rnida, harbiy akademiyaga kirishdan oldin Uellsdagi Atlantic College’da tahsil olgan Yelizaveta tennis o‘ynaydi, pianino chaladi, suv sporti, alpinizm hamda xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!