Belarusiya koronavirus ustidan g‘alaba qozondi

Belarusiya koronavirus ustidan g‘alaba qozondi

Belarusiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat mukofotlash marosimida mamlakat koronavirusni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u kurash hali ham davom etayotganini ta’kidladi.

"Koronavirus infeksiyasi tufayli shifokorlar birinchi o‘rinda bo‘lishdi", dedi Lukashenko pandemiya paytida Belarusiya sog‘liqni saqlash tizimi holatga dosh bera olganligini qo‘shimcha qilarkan.

"Ammo biz kurash darajasini pasaytirmayapmiz, garchi bugun g‘alaba qozondik deb ayta olsak ham", - deya xabar beradi BelTA axborot agentligi prezidetning so‘zidan iqtibos keltirib.

Belarus rahbari, shuningdek, koronavirus ustidan to‘liq g‘alabadan so‘ng, shifokorlar bilan alohida uchrashuv o‘tkazilishini va’da qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!