Belarus olti oyga don eksportini taqiqladi

Belarus olti oyga don eksportini taqiqladi

Belarus don ekinlarini mamlakatdan tashqariga olib chiqish uchun qo‘yilgan taqiqni yana olti oyga uzaytirdi.

“Ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha tovarlarni ishlab chiqarilgan mamlakatidan qat’i nazar, Belarus Respublikasidan tashqariga, xususan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) a’zo davlatlarga olib chiqishni vaqtinchalik taqiqlash belgilansin”, - deyiladi Vazirlar mahkamasi qarorida.

Eksporti taqiqlangan tovarlar ro‘yxatiga bug‘doy, javdar, arpa, makkajo‘xori, tariq, grechka, jo‘xori kabi 19 nomdagi don mahsulotlari kiradi.

Faqat xalqaro gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida eksport qilinadigan yoki tranzit tovarlar bundan mustasno.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!