Belarus Londondagi elchisini chaqirib oladi

Belarus Londondagi elchisini chaqirib oladi

Belorussiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Belarus tomoni Buyuk Britaniyaning bir qator nodo‘stona qadamlari munosabati bilan Londondan o‘z elchisini chaqirib oladi.

Bu haqda RIA Novosti Belarus TIV matbuot kotibi Anatoliy Glazga tayanib xabar berdi.

“Buyuk Britaniya tomonidan muntazam ravishda Belarus fuqarolari va yuridik shaxslariga maksimal darajada zarar yetkazishga qaratilgan bir qator nodo‘stona qadamlar munosabati bilan mamlakatimizning Londondagi diplomatik missiyasi darajasini vaqtinchalik ishlar vakiliga tushirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", - dedi Glaz.

Shu bilan birga, Glazning qo‘shimcha qilishicha, elchining chaqirib olinishi London bilan aloqa kanallarining yopilishini anglatmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!