Belarus butun armiyasining jangovar shayligini tekshirmoqchi
Belarus butun armiyasining jangovar shayligini, jumladan, safarbarlik darajasigacha tekshiradi, dedi mamlakat prezidenti Lukashenko umumiy harbiy poligonida harbiylar bilan yig‘ilishda.
"Armiyani qayta ko‘rib chiqish kerak; buning vaqti keldi. Butun armiyani. Biz barchani tekshiramiz. Hatto safarbarlik darajasigacha. Belarus urush sodir bo‘lmasligini ta’minlash uchun urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda", — dedi u.
Lukashenko hozirda uning topshirig‘iga binoan artilleriya brigadasi tekshirilganiga e’tibor qaratdi. Bungacha tank va motoo‘qchi bo‘linmalari tekshirildi.
Shuningdek, Lukashenkoning aytishicha, uning o‘g‘li Nikolay Lukashenko hozirda armiyaning eng og‘ir talablar qo‘yiladigan bo‘linmasida xizmat qilmoqda.
