Bektemir va Xovos tumanlarida ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bektemir va Xovos tumanlarida ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Bektemir tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.D. va S.X.lar fuqaro X. (mutaxassisligi shifokor)ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Nurafshon shahardagi Tez tibbiy yordam bo‘limiga ishga kiritib, keyinchalik go‘yoki bosh shifokor o‘rinbosari lavozimiga tayinlatib berish evaziga 1 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Xovos tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.A. boshqa bir fuqaro I.ning ishonchiga kirib, uni Xovos vagon ta’mir korxonasida ishlovchi tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!