Bektemir Meliqo‘ziyev muddatidan oldin g‘alaba qozondi

Bektemir Meliqo‘ziyev muddatidan oldin g‘alaba qozondi

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiquvchi o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (10-1, 8 KO) AQShda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Bosniyalik Yanyaninga qarshi jangda u avvaliga raqibini tana qismiga berilgan zarba bilan nokdaunga uchratgan bo‘lsa, keyinroq ketma-ket zarbalari natijasida raqibni passiv himoyalanishga majbur qildi.

Natija hakam 3-raundning so‘nggi qismida jangni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.

Shu tariqa Bektemir professional boksdagi 10 g‘alabasini qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!