Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschini nokautga uchratdi (video)

Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschini nokautga uchratdi (video)

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (11-1, 9 KO) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

AQShning Inglvud shahrida (Kaliforniya shtati) o‘tkazilgan boks oqshomida o‘zbekistonlik sportchiga amerikalik Ulises Sierra (17-3-2, 10 KO) raqib bo‘ldi.

Bektemir Meliqo‘ziyev 3-raund tugashiga 5 soniya qolganda tana qismiga berilgan navbatdagi zarba bilan raqibini nokautga uchratdi va WBO Global chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Jang O‘zbekiston vakilining ustunligida boshlandi. Uchinchi raundning so‘ngida Bektemir raqibining tana qismiga kuchli zarba yo‘llab, Sierrani nokautga uchratdi.

Ushbu g‘alaba evaziga Meliqo‘ziyev WBO Global mintaqaviy kamariga ega chiqdi. Ushbu kamar WBO reytingi uchun muhim reyting ochkolarini beradigan eng nufuzli mintaqaviy kamar hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!