Bekobod shahri va Bektemir tumanida tadbirkorlarning mulklarini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Bekobod shahri va Bektemir tumanida tadbirkorlarning mulklarini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.A.” MCHJ muhandisi D.Z.ni o‘zining moddiy javobgarligidagi avtotransport vositalarining ehtiyot qismlarini sotib yuborib, tadbirkorning jami 214,6 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Shu kabi, Bektemir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G.P.” MCHJga qarashli dorixona filiali xodimi D.YU. va boshqalar MCHJga tegishli jami 1 630 nomdagi 176 mln so‘mlik dori vositalarini noma’lum shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablag‘larni kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!