"Begona yurtda o‘lib ketmang": Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Rossiya askarlariga murojaat qildi

"Begona yurtda o‘lib ketmang": Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Rossiya askarlariga murojaat qildi

Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk 21 sentyabr kuni kechqurun rossiyalik harbiylarni taslim bo‘lishga chaqirdi.

"Siz o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun eng qimmatli narsa - hayotingizni saqlab qolasiz. Bu begona yurtdagi shavqatsiz o‘limdan yaxshiroqdir", — dedi Vereshchuk.

Vereshchuk vaqt o‘tishi bilan taslim bo‘lgan rossiyaliklar ukrainalik harbiy asirlarga almashtirilishi mumkinligini aytdi, biroq ular qaytishdan bosh tortish huquqiga ega ekanini ta’kidladi.

"Agar siz Rossiyaga qaytishni istamasangiz, Jeneva konvensiyalari va Ukraina qonunlariga ko‘ra, hech kim sizning xohishingizga qarshi sizni Rossiyaga o‘tkazmaydi", — dedi u.

Rossiyada safarbarlik e’lon qilinishi arafasida Davlat Dumasi "ixtiyoriy taslim bo‘lish" uchun jinoiy jazo - o‘n yilgacha qamoq jazosini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.

Sentyabr oyi o‘rtalarida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrainalik harbiylarning vazifasi keyinchalik almashish maqsadida mahbuslar “fondini to‘ldirish” ekanligini, chunki ruslarda ukrainalik mahbuslar ko‘pligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!