BBC o‘zbek oshining salomatlik uchun foydali ekanini e’tirof etdi

BBC o‘zbek oshining salomatlik uchun foydali ekanini e’tirof etdi

Sog‘liqni saqlash sohasi ekspertlari o‘zbek milliy taomlarining sog‘liq uchun foydali jihatlari talaygina.

"Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan O‘zbekiston qachonlardir boshqa davlatlar bilan tovar hamda g‘oyalar almashinuvi ro‘y bergan yurt. Bu mamlakat madaniyatining rivojlanishiga imkon bergan, ajoyib mozaikalar, hunarmandchilik mashulotlari, san’at namunalari va ayniqsa, taomlar shundan dalolat beradi", deyiladi “BBC”da chop etilgan o‘zbek taomlari haqidagi maqolada.

Maqolada o‘zbek oshxonasining boy va mazali ekanligi alohida ta’kidlangan. “Ba’zi taomlar reseptlari go‘shtga boy bo‘lsa, boshqalari un, guruch, sabzavotlar, shuningdek, ziravorlardan iborat bo‘ladi. Ushbu ingridiyentlar yordamida o‘zbek oshpazlari biri-biridan ajoyib taomlar – chuchvaradan tortib kabobgacha tayyoralashadi”, deyiladi manbada.

Maqolada shuningdek, o‘zbek taomlarining reseptlari har bir hududda o‘ziga xos ekanligi alohida qayd etilgan. Eng mashhur milliy taomlar sifatida somsa, lag‘mon, norin, sho‘rva, kabob, manti, palov va patir non e’tirof etilgan.

“VIII asrda bu yerlarda islom dini tarqala boshladi va shaharlarda madrasa va masjidlar ko‘paydi. Buxoro muhim ahamiyatga ega ta’lim markazi hisoblanib, butun dunyo musulmon olami ziyolilari g‘oyalar almashish uchun shu yerda to‘planardi. Aynan shunday muhitda O‘zbekistonning zamonaviy oshxonasi shakllana boshladi. Butun dunyo savdogarlarining Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab harakatlanishi ajoyib natijaga olib keldi. Bugunga kelib o‘zbek milliy taomlarida turk, qozoq, uyg‘ur, mo‘g‘ul va boshqa madaniyatlarning ta’sirini ko‘rish mumkin”, deyiladi maqolada.

Maqolada O‘zbekistonning eng mashhur milliy taomi sifatida palov keltirilgan bo‘lib, uning barcha bayramlar va maxsus sanalarda tayyorlanishi qayd etilgan.

Gastroenterolog Lola Abdurahmonovaning ta’kidlashicha, muammo milliy taomlarda emas, o‘zbek xalqining odatiy turmush tarzida. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kun bo‘yi mehnat qiluvchi kishilar uchun o‘zbek taomlari foydali, gap uni me’yorida iste’mol qilishda.

“Salomatlik bilan bog‘liq muammolar uch sabab tufayli yuzaga keladi: haddan tashqari ko‘p taom iste’mol qilish, kamharakat hayot tarzi hamda taomnomada xilma-xillikka rioya qilmaslik”, deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!