Bayrut fojiasi! Livan hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi

Bayrut fojiasi! Livan hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi

10-avgust, dushanba kuni Livan Vazirlar Mahkamasi majlis yakuniga ko‘ra iste’foga chiqishini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

"Livan Bosh vaziri Hasan Diab tez orada butun hukumatimizning iste’foga chiqishi haqida e’lon qiladi", dedi sog‘liqni saqlash vaziri Hamad Hasan hukumat yig‘ilishidan keyin.

Ta’kidlash joizki, ilgari bir nechta vazirlar ketma-ket iste’foga chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, 4-avgust, seshanba kuni Bayrutda (Livan) kuchli portlash yuzlab odamlarning umriga zomin bo‘ldi, yana bir necha ming kishi jabrlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!