Bayroqdan foydalanishdagi ayrim cheklovlar bekor qilinishi mumkin

Bayroqdan foydalanishdagi ayrim cheklovlar bekor qilinishi mumkin

O‘zbekiston bayrog‘idan foydalanishdagi ayrim cheklovlar bekor qilinishi mumkin. Bu haqda O‘zLiDeP lideri Aktam Hayitov ma’lum qildi.

Uning yozishicha, partiyaga a’zo deputatlar saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida davlat bayrog‘i haqidagi hujjatlarning qabul qilinganligiga 31 yil bo‘lgani, shuningdek, undan foydalanishda ayrim cheklovlar mavjudligi haqida aytib kelishgan.

«Uchrashuvlar jarayonida ushbu qonunni davr talabiga moslashtirish, Davlat bayrog‘idan foydalanish borasida qonun normalarini yanada liberallashtirish lozimligi bildirilmoqda», – deydi Hayitov.

Partiya liderining bildirishicha, 2022 yil 18 noyabr kuni Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP Fraksiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish» to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilish va deputatlar orasidan ishchi guruhi tuzish ko‘zda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, qonun loyihasida Davlat bayrog‘idan foydalanishdagi cheklovlarni olib tashlash, fuqarolarning erkin foydalanishi, egalik qilish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda.

Boshqacha qilib aytganda bu o‘zgarishlardan keyin fuqarolarning bayroqqa hurmat saqlagan holda o‘z xonadonlariga ham ilishlari, ish joylarida erkin foydalanishlari mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!