"Bayrog‘imiz ranglari kabi bo‘yalgan Spark avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi"

"Bayrog‘imiz ranglari kabi bo‘yalgan Spark avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi"

⚡️Ijtimoiy tarmoqda "Bayrog‘imiz ranglari kabi bo‘yalgan Spark avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar (https://t.me/shopirlar/18503) yuzasidan ma’lumot

🔹Bugun, 31 avgust kuni Buxoro viloyati, Buxoro shahrida "Spark" hamda "Lasetti" rusumli avtomobillar haydovchilari transport vositasining kuzov qismini mustaqillik bayrami munosabati bilan bir necha xil ranglarga bo‘yab shahar hududida harakatlangan.

❗️Mazkur haydovchilar YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, qoidalar bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.

‼️Xodimlar haydovchilarni mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan tabriklab oq yo‘l tilashgan. Haydovchilar ogohlantirilib, ularga nisbatan hech qanday jarima belgilanmagan.

✅ Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!