Bayrog‘imiz qabul qilingan kun munosabati bilan yarim marafon o‘tkazildi

Bayrog‘imiz qabul qilingan kun munosabati bilan yarim marafon o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz” shiori ostida yarim marafon tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligini keng nishonlash, davlat ramzlariga nisbatan hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, “Beshta muhim tashabbus” doirasida tizimda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirish, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sportni ommalashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tadbirning ochilish marosimi Toshkent shahrining Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasida tashkil etilib, shu yerning o‘zida marafonga start berildi. Marafon ishtirokchilari “Humo Arena” muz saroyi maydonida kutib olindi hamda g‘oliblar taqdirlandi.

-Ushbu sport bellashuvida g‘olib bo‘lganimdan xursandman --- deydi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti Mohinur G‘oziyeva. --- Ushbu tadbirning davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkazilayotganining ahamiyati katta. Zero, mustaqilligimiz, milliy g‘ururimiz timsoli bo‘lgan ushbu davlat ramzi har birimizni yuksak marralar sari ruhlantiradi.

Tadbirning ikkinchi qismi Ichki ishlar vazirligining ansambli hamda mashhur san’atkorlar ishtirokidagi gala-konsert soat 16:00da “Humo Arena” muz saroyining ko‘cha maydonida bo‘lib o‘tmoqda.

Shuningdek, “Humo Arena” muz saroyining ko‘cha maydonida Ichki ishlar vazirligi tomonidan mazkur tadbirga bag‘ishlangan kitobxonlar sayli va idoraviy maxsus texnika vositalarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Manba: xs. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!