Bayden yordamchilari maxfiy hujjatlarning ikkinchi partiyasini topdi – OAV

Bayden yordamchilari maxfiy hujjatlarning ikkinchi partiyasini topdi – OAV

Amerika Qo‘shia Shtatlari Prezidenti Jo Baydenning yordamchilari unga tegishli maxfiy hujjatlarning ikkinchi partiyasini topdi. Bu haqda RIA Novosti NBCga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, maxfiy hujjatlar Bayden Barak Obama ma’muriyatidan ketganidan keyin foydalangan Vashingtondagi ofis tashqarisidagi joydan topilgan.

Oq uy NBC telekanalining so‘roviga javob bermagan. AQSh Adliya vazirligi ham ushbu xabarga munosabat bildirmagan.

Avvalroq AQShning amaldagi Prezidenti Jo Baydenning vise-prezidentlik davridagi maxfiy hujjatlar unga aloqador Vashingtondagi tahlil markazidan topilgani haqida xabar berilgandi.

AQSh yetakchisi vise-prezident bo‘lgan davrga oid materiallar noyabr oyi boshida bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlar arafasida uning ishonchli shaxslari tomonidan topilgan.

Keyinroq ma’lum qilinishicha, topilgan maxfiy hujjatlar orasida Ukraina, Eron va Buyuk Britaniyaga oid razvedka ma’lumotlari ham bor. Hujjatlar zudlik bilan milliy arxivga topshirilgan, biroq Adliya vazirligi ularning shaxsiy idoraga qanday kirib qolganini tekshirmoqda.

Oq uy Bayden ushbu binolardan 2017 yildan 2020 yilgacha, ma’muriyatda bo‘lmagan paytida foydalanganini tan oldi. Baydenning o‘zi ushbu topilmadan hayratda qoldi va hujjatlar mazmunini bilmasligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!