Bayden yakuniy qarorni fevral o‘rtalarida e’lon qiladi

Bayden yakuniy qarorni fevral o‘rtalarida e’lon qiladi

Jo Bayden 2024 yilda AQSh prezidentligi uchun kurash bo‘yicha yakuniy qarorini fevral oyi o‘rtalaridayoq e’lon qilishi mumkin. Bu haqda Politico xabar bermoqda.

Shu bilan birga, nashr suhbatdoshlarining qayd etishicha, Amerika yetakchisi hali 2024 yilgi prezidentlikka nomzodini qo‘yishga qaror qilmagan. Santa-Kruz orolida dam olayotgan Oq uy rahbari oilasi, do‘stlari va siyosiy ittifoqchilarning kichik guruhi bilan bu imkoniyatni muhokama qilishda davom etmoqda. Uning rafiqasi Jill Bayden erining saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq uning ba’zi qarindoshlari saylov kampaniyasi 80 yoshli prezidentga qanday ta’sir qilishidan xavotirda. Politico qayd etishicha, ba’zi demokratlar ham Baydenning yoshidan xavotir bildirishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!