Bayden: "Xitoy 10-15 yildan keyin AQShga egalik qilishiga ishonadi"

Bayden: "Xitoy 10-15 yildan keyin AQShga egalik qilishiga ishonadi"

AQSh prezidenti Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rahbari Si Szinpin uning mamlakati 10-15 yil ichida "Amerikaga egalik qilishiga" ishonadi. Bu haqda The New York Post yozmoqda.

"Men (prezidentlikdan oldin - tahr.) Xitoy rahbari bilan har qanday dunyo rahbarlaridan ko‘ra ko‘proq vaqt o‘tkazdim. U 30-35 yillarga qadar Xitoy "o‘z Amerikasi"ga egalik qiladi, deb ishonadi, chunki avtokratiyalar tezda qaror qabul qilishlari mumkin", dedi Bayden.

AQSh prezidenti "o‘z Amerikasiga" iborasi bilan nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmadi. Biroq, u yana "demokratiya va avtokratiya o‘rtasidagi kurash" borligini yana bir bor ta’kidladi.

"Dunyo qanchalik murakkablashsa, demokratik davlatlarning birlashishi va kelishuvga erishishi shunchalik qiyinlashadi", deb qo‘shimcha qildi Bayden.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!