Bayden tufayli Rossiya delegasiyasi samolyoti bir soatga kechikdi

Bayden tufayli Rossiya delegasiyasi samolyoti bir soatga kechikdi

Jenevada AQSh va Rossiya prezidentlarining sammitiga yo‘l olayotgan Rossiya delegasiyasi va jurnalistlar bo‘lgan samolyot bir soat ushlab turildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Styuardessa samolyot to‘xtab turish joyiga joylashtirilganini ma’lum qildi. O‘sha paytga kelib, hukumat samolyoti allaqachon Shveysariyaga uchib ketgan, ammo u Jeneva ko‘li bo‘ylab aylanib o‘tishi kerak edi. Kechikish AQSh prezidenti Jo Baydenning kelishi bilan bog‘liq.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin muzokaralar kuni Amerika yetakchisi bilan sammit uchun Jenevaga boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!