Bayden "Tolibon"ga tez va kuchli javob bilan tahdid qildi

Bayden "Tolibon"ga tez va kuchli javob bilan tahdid qildi

AQSh harbiylariga Afg‘onistonda qilingan har qanday hujumi yoki evakuasiyaga to‘sqinlik qilishga urinish tez va kuchli javob oladi. AQSh prezidenti Jozef Bayden "Tolibon" harakatiga shunday murojaat bilan chiqdi.

Amerika rahbari AQSh aeroport atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotgani va har qanday terroristik tahdidni, jumladan, "Tolibon" guruhiga aloqador bo‘lgan odamlarni kuzatayotgani haqida ogohlantirdi.

Bayden, shuningdek, "Katta yettilik"ning uchrashuvi kelasi hafta bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi, deb yozadi TASS agentligi.

Ayni paytda Kobul aeroportida 6000 amerikalik askar va ofiser bor. Ular uchish-qo‘nish yo‘lagini himoya qiladi va tinch aholini evakuasiya qilishga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!