Bayden Si Szinpinga Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi

Bayden Si Szinpinga Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasidagi onlayn sammit yakunlandi, unda yetakchilar ikki tomonlama munosabatlar va umumiy manfaatlar yuzasidan fikr almashdi.

Xitoyda joylashgan CCTV telekanali xabariga ko‘ra, Bayden Si Szinpinga AQSh "Yagona Xitoy" siyosatiga amal qilishini va "Tayvan mustaqilligi" ni qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan.

Uchrashuvda Bayden, "AQSh hukumati "yagona Xitoy" siyosatiga izchil va uzoq vaqt sodiq qoladi. AQSh Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaydi va Tayvan bo‘g‘ozi mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlashga umid qiladi", — deb bayonot berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!