Bayden Senatning Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga kirishi haqidagi qarorini olqishladi

Bayden Senatning Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga kirishi haqidagi qarorini olqishladi

AQSh prezidenti Jo Bayden NATOning kengayishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni imzolashga va’da berdi va Senatning Finlyandiya va Shvesiyani ittifoqqa qo‘shilish qarorini olqishladi.

"Men qo‘shilish protokollarini imzolashni intiqlik bilan kutaman hamda Shvesiya va Finlyandiyani tarixdagi eng katta mudofaa ittifoqi safida bo‘lishidan tabriklayman", - deyiladi Oq uy bayonotida.

Baydenning ta’kidlashicha, AQSh Shvesiya va Finlyandiya xavfsizligiga sodiq qoladi va "qo‘shma xavfsizlikka har qanday tahdidga qarshi" birgalikda hushyor bo‘lishda davom etadi.

AQSh Senati avvalroq Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga qo‘shilishi haqidagi protokollarni ratifikasiya qilish to‘g‘risidagi rezolyusiyani qabul qilish uchun ovoz berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!