Bayden Rossiya bo‘yicha mutaxassisga lavozim taklif qildi

Bayden Rossiya bo‘yicha mutaxassisga lavozim taklif qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden AQSH-Rossiya jamg‘armasi bosh direktori Seleste Uolanderni mudofaa vazirining xalqaro xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi lavozimiga nomzodini ilgari surdi. Bu haqda Oq uy saytida xabar berilgan.

Jamg‘armani boshqarishdan oldin Uolander AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning ma’muriyatida Rossiya yo‘nalishi bo‘yicha Oq uyda Milliy xavfsizlik kengashida bo‘lgan. Bundan tashqari, u Yevropa va Yevroosiyo xavfsizligi, shuningdek Rossiya mudofaa strategiyasi bo‘yicha 80 dan ortiq materiallarni nashr etdi. Endi Uolanderning nomzodi Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Avvalroq AQSh Rossiya bilan strategik barqarorlik bo‘yicha dialog boshlanish vaqtini e’lon qilgandi. Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining ta’kidlashicha, bu kelgusi haftalarda boshlanadi. Vakilning ta’kidlashicha, muzokaralar Jenevada prezidentlar Jo Bayden va Vladimir Putinning uchrashuvida boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!