Bayden qochqinlarni qabul qilish limitini ikki baravarga oshirdi

Bayden qochqinlarni qabul qilish limitini ikki baravarga oshirdi

AQSh prezidenti Jo Bayden 2022 moliyaviy yilida qochqinlarni qabul qilish chegarasini ikki baravar oshirib, bu ko‘rsatkich 125 ming kishini tashkil etishini ma’lum qilgan.

Bu haqda Oq uy rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Men o‘z vakolatimdan kelib chiqib, quyidagi harakatlarga ruxsat beraman: 2022 moliyaviy yilida AQShga qochqinlarni qabul qilish chegarasini 125 ming kishiga yetkaziladi hamda bu insonparvarlik yoki boshqa hollarda milliy manfaat nuqtai nazaridan asoslanadi", dedi Jo Bayden.

Bungacha qochqinlarni qabul qilish chegarasi 62,500 kishi etib belgilangan edi.

Oldinroq o‘tkazilgan so‘rovda amerikaliklarning yarmi prezident Jo Bayden faoliyatini ma’qullashi ma’lum bo‘lgan edi.

Tadqiqot mualliflari Baydenning reytingini tushib ketishini AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqilishi, Texasdagi qochqinlar bilan bog‘liq inqiroz va koronavirus epidemiyasi tufayli vaziyatning yomonlashuviga bog‘lashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!