Bayden Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni taklif qildi

Bayden Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni taklif qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden Eronga Donald Tramp tomonidan Islom Respublikasiga qarshi qo‘yilgan sanksiyalarning ma’lum qismini bekor qilish taklifini berdi. U Eron bilan bitimga kelishish tarafdori ekanini aytmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Vashington ma’muriyati terrorizm, raketa ishlab chiqarish va inson huquqlarini buzish bilan bog‘liq kiritgan sanksiyalarni bekor qilishga tayyor.

Xususan, Eronga jahon moliya tizimiga kirish va dollar bilan operasiyalarni amalga oshirish imkoniyati berilishi mumkin, deya yozmoqda AP nashri.

Shuningdek, Bayden neft sektori, markaziy bank, sanoat va qurilish kompaniyalari hamda moliya sektoriga qarshi qo‘llangan sanksiyalarni ham olib tashlashni ko‘rib chiqmoqda.

Ushbu xabar «The Wall Street Journal» diplomatik manbalari tomonidan tasdiqlangan. Aniq bo‘lishicha, milliy neft va tanker kompaniyalari, shuningdek iqtisodiyotning bir qator muhim tarmoqlari, shu jumladan metallurgiya cheklovlardan chiqarilishi mumkin.

Eslatib o‘tish joiz, 2019 yilda Tramp Tehronga qarshi amaldagi neft embargosini tikladi va mamlakatda ishlab chiqarishni deyarli yarmiga (kuniga 3,8 dan 2 million barrelgacha) pasaytirdi. Bu esa eksportni deyarli nolga yetkazgan.

Eron ishlab chiqarish sohasini zudlik bilan tiklay olmasa kerak.

FGE Energy bergan ma’lumotga ko‘ra, Tehron qirg‘oqdan siljigan tankerlarda 54 million bochka to‘plagan va yana 60 millioni quruqlikdagi omborxonalarga quyilgan. AQSh Energetika vazirligi esa Eron dunyodagi neft zaxiralarining 13 foiziga egalik qilishini tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!