Bayden: Agar orol va Xitoy o‘rtasida harbiy mojaro yuzaga kelsa, AQSh Tayvanni himoya qiladi

Bayden: Agar orol va Xitoy o‘rtasida harbiy mojaro yuzaga kelsa, AQSh Tayvanni himoya qiladi

AQSh prezidenti Jo Bayden CBC telekanaliga bergan intervyusida orol va Xitoy o‘rtasida harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda Qo‘shma Shtatlar Tayvanni himoya qilishini aytdi.

"Ha, agar haqiqatan ham misli ko‘rilmagan hujum bo‘lsa", dedi u Xitoydan tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda AQSh Tayvanni himoya qilishga tayyorligi haqidagi savolga javob berib.

Bayden, shuningdek, AQSh orol bilan hamkorlik qilishiga qaramay, Tayvanni Xitoydan mustaqillikka erishishga undamayotganiga va yagona Xitoy tamoyiliga amal qilishiga ishontirdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashuvda AQShning Tayvan atrofidagi provokasiyalarini qoralagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!