Batafsil! Ohangaronda ayol kishi boshqargan "Spark" ariqqa tushib ketdi (VIDEO)

Batafsil! Ohangaronda ayol kishi boshqargan "Spark" ariqqa tushib ketdi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ohangaronda "Spark" avtomobili ko‘lga tushib ketibdi” sarlavhasi ostida video lavha tarqatildi.

 

Toshkent viloyati IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan ushbu holatga oydinlik kiritildi.

Hodisa joriy yilning 25 may kuni soat 12:30 larda, Toshkent viloyatining Ohangaron shahri, Oxunboboyev ko‘chasida sodir bo‘lgan. Surishtiruv davomida aniqlanishicha, haydovchi, 1971 y.t. M.H. (ayol) o‘ziga tegishli bo‘lgan “Spark” rusumli transport vositasida shaharning Oxunboboyev ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtomobil ariqqa tushib ketgan.

Ushbu hodisada tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi ariqdan chiqarilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oxangaron shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!