"Barselona" yana Ronaldu variantiga qaytdi

"Barselona" yana Ronaldu variantiga qaytdi

"Barselona" "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi AS.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh bilan uchrashib, Ronalduning ehtimoliy transferini muhokama qilgan. Hujumchiga o‘tgan yozda Laporta qiziqqan edi, biroq keyinchalik kataloniyaliklarning moliyaviy muammolari tufayli transfer amalga oshmay qolgandi.

Oldinroq Ronaldu Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klubga o‘tmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!